Rahbar topshirig'ini bajarmaslik
Har bir xodim orgstrukturada belgilangan rahbarga bo'ysinadi. Rahbar tomonidan berilgan topshiriq o'z vaqtida bajarilishi shart. Aks holda jarima belgilanadi.
Qoidalari bor tashkilotlarda tartib bor, tartibi bor tashkilotlarda adolat bor. Quyida kompaniyaning oliy maqsadi, qadriyatlari va ichki tartib qoidalari to'liq keltirilgan.
Har bir qoida buzilganda belgilangan jarima va ball o'zgarishi quyida ko'rsatilgan. Nizomda ko'rsatilmagan holat uchun jarima solinmaydi.
Har bir xodim orgstrukturada belgilangan rahbarga bo'ysinadi. Rahbar tomonidan berilgan topshiriq o'z vaqtida bajarilishi shart. Aks holda jarima belgilanadi.
Korxona rahbariyati xodimlar bilan va xodimlar ham o'zaro muloqot qilishganda, odob-ahloq qoidalaridan chiqmagan holda madaniyat bilan muomalada bo'lishlari shart. Laqab qo'yish, haqorat qilish, ustidan kulish, so'kinib gapirish mumkin emas.
Xodimlar mijozlar bilan muomalada (telefonda, telegramda yoki yuzma-yuz) tortishish, mijoz fikrini hurmat qilmaslik, mijozning ustidan kulish va laqab qo'yish qat'iyan taqiqlanadi.
Har bir xodim bo'lim boshlig'i tomonidan belgilangan ish vaqtidan kechikmay ishga kelishlari shart. Kech qolganlik uchun jarima belgilanadi.
Xodimlarning mijozlar oldida o'zaro tortishuvi, bir-biriga haqoratomuz so'zlarni ishlatishi, bir-birining sha'nini yerga urishi yoki o'zaro keraksiz gaplarni so'zlashishlari mumkin emas.
Ishxonaga mast holda kelish va yotoqxonada spirtli ichimliklar iste'mol qilish qat'iyan taqiqlanadi.
Xodimlar korxonada o'g'irlik sodir etishi yoki o'zboshimchalik bilan moliyaviy harakat, ya'ni biror narsani sotish, begonaga foydalanishga berish, ijaraga topshirishi qat'iyan taqiqlanadi.
Korxonada ishqiy uchrashuv, telefonda ishqiy suhbat va ishqiy janjallar taqiqlanadi. 1-marta qattiq ogohlantirish beriladi, 2-martasida ishdan haydaladi.
Ish vaqtida ishchi va xodimlar telefon o'yinlarini o'ynashi hamda telefonda uzoq vaqt suhbatlashishlari taqiqlanadi.
Har bir xodim javob so'rashi uchun bir kun avval o'z bo'lim boshlig'idan javob so'rashi va ishxona guruhiga videomurojaat qilishi shart. Aks holda ishga sababsiz kelmagan hisoblanib, jarima solinadi.
Xodim ishdan ketishidan 1 oy oldin o'z bo'lim boshlig'ini xabardor qilishi va o'z o'rniga shogird tayyorlashi shart. Aks holda jarima qo'llaniladi.
Xodimlar bo'lim boshliqlari tomonidan ishlab chiqilgan dam olish kunlari, bayram kunlari grafikiga amal qilishlari shart.
Korxonada barcha xodimlar shanbalikka, yig'ilishlarga qatnashishlari shart. Sababsiz qatnashmasa – 50 000 so'm (-5 ball), kechiksa – 20 000 so'm (-2 ball). (Sababli holatlar: to'y, oilaviy tadbirlar, janoza)
Ofisda, ish joyida ovqatlanish mumkin emas. Bu mijozlar oldida noqulayliklar tug'diradi.
Korxonaga tegishli kompyuterlarda korxona faoliyatiga tegishli bo'lmagan ma'lumotlar, turli kinofilmlar, noqonuniy ma'lumotlar, behayo suratlar, etnik/diniy adovatni targ'ib etuvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish qat'iyan taqiqlanadi.
Korxonaning Telegram guruhiga begona shaxslarni qo'shish, ishga oid bo'lmagan video, rasm va ma'lumotlarni yuklash taqiqlanadi.
Ofisdan yoki ish joyidan oxirgi chiqayotgan xodim har bir xonani nazoratdan o'tkazishi shart. Texnik vositalarning o'chirilganligi, yong'in xavfsizligiga amal qilinganligini ko'zdan kechirishi talab qilinadi. Aks holda jarima xodimga va bo'lim boshlig'iga yoziladi.
Xodim mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayoniga mas'uliyat bilan yondoshishi, mijozning buyurtmasini xatosiz va o'z muddatida bajarib berishi shart.
Korxonaga yangi ishga kelgan xodimni korxonaga moslashishi uchun belgilangan ustoz javobgar. Barcha xodimlar yangi xodim bilan do'stona munosabatda bo'lishi shart.
Har bir xodim korxona sirlarini saqlashga majbur. Korxona ichidagi nizolarni korxonadan tashqarida (mijozlar, oila, qarindosh, do'stlar va hokazo) muhokama etilishi taqiqlanadi.
Korxonada barcha xodimlar o'zlariga biriktirilgan stanok, orgtexnika va asbob-uskunalarni asrashi va avaylashi shart. E'tiborsizlik bilan ishdan chiqarsa javobgar hisoblanadi.
Har bir xodim korxonaning orgstrukturasiga amal qilishi shart. Xodim topshiriqni faqat o'zining bevosita rahbaridan oladi va hisobot topshiradi. Yuqori rahbar ham boshqa bo'lim yoki xodimga to'g'ridan-to'g'ri topshiriq bermaydi (faqat uning bevosita rahbari orqali beradi).
Bonus jarimadan ko'proq berilishi kerak — nizomning asosiy tamoyillaridan biri.
Ishlab chiqarish sexida yuk tashigani uchun, stanoklarni va ish joyini tozalab qo'ygani uchun bonus beriladi.
Korxonaga kerakli, qadriyatlariga mos va yaxshi xodimni tavsiya qilib, ishga olingani uchun bir martalik (har bir ishga olingan xodim uchun) bonus beriladi.
Xodimga ishi/xulqi uchun umumiy tarzda e'tirof/rahmat bildirilganda (aniq boshqa maxsus toifaga to'g'ri kelmasa) bazaviy ball qo'shiladi. Eng ko'p e'tirof olgan xodimlarga qo'shimcha ravishda rahbar tomonidan oilaviy restoran vaucher (300 000 so'm) beriladi.
Yil davomida korxonaga moddiy naf keltirgan xodimga rahbar tomonidan shaxsiy bonus beriladi.
Korxona rivojiga hissa qo'shadigan yangilik yoki g'oya taklif bergani uchun bir martalik bonus beriladi.
Intizomli, o'z ishining mutaxassisi qilib shogird tayyorlagan ustozga bonus beriladi.
Xodimlarga kerakli, tushunarli va qiziqarli dars o'tib bergani, natijada korxonada o'sish kuzatilgani uchun dars o'tgan xodimga bonus beriladi.
Tashqi treninglarga borib kelgandan keyin o'rgangan narsalarini ishga faol tadbiq qilgan xodimga bonus beriladi.
Qoida bo'yicha aniqlik kerak bo'lsa — HR bo'limiga murojaat qiling.