Birinchi qo'ng'iroqdan montajgacha bo'lgan yo'l. Har bosqichda kim mas'ul ekani va siz nima olishingiz oldindan ma'lum.
O'lchovchi belgilangan vaqtda joyga boradi va xonani o'lchaydi. O'lchamlar qog'ozga emas, to'g'ridan-to'g'ri tizimga kiritiladi — keyingi bosqichlar aynan shu raqamlar bilan ishlaydi.
Konstruktor Bazis dasturida loyihani tayyorlaydi. Loyiha tizimga yuklanadi va brauzerda ochiladi: detallar, o'lchamlar va furnitura ro'yxati avtomatik chiqadi.
Siz 3D ko'rinishni ko'rib chiqasiz va tasdiqlaysiz. Shu bosqichda o'zgartirish kiritish eng arzon — ishlab chiqarish hali boshlanmagan.
Buyurtma sexga tushadi. Materiallar ro'yxati, kesish, yig'ish va sifat nazorati bosqichlari tizimda kuzatiladi — har bir bosqichning mas'uli bor.
Tayyor mahsulot joyida yig'iladi va o'rnatiladi. Yakuniy hujjatlar tizimda shakllanadi.
Zakaz bir joyda, ombor daftarda, moliya boshqa dasturda bo'lganda ma'lumot qo'lda ko'chiriladi — xato ham, kechikish ham shundan chiqadi. Bizda zanjirning hamma bo'g'ini bitta bazada.
Narx loyihadagi haqiqiy detallar va materiallardan hisoblanadi — "taxminan" emas.
Buyurtma qaysi bosqichda ekani yozib boriladi, so'rasangiz aniq javob olasiz.
Har lavozim uchun ichki o'quv kursi bor — ish sifati odamga emas, tizimga bog'langan.
Bog'laning — vaqtni kelishib, o'lchovchi yuboramiz.